Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetining iqtidorli bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Joriy yilning 28-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida hokimlikning tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev hamda SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev ishtirokida universitetning iqtidorli talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

  Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida to‘xtalib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti misolida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirildi. Shuningdek, tadbir davomida universitetda o‘zining har tomonlama faolligi va yetakchilik qobiliyati, ilmu-zakovati bilan namuna bo‘lib kelayotgan yoshlar bilan erkin muloqot tashkil etilib, ularning bugungi kundagi kasbiy va ilmiy faoliyati o‘rganildi.

  Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlildan o‘tkazilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


SamDTU matbuot xizmati