Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Ozarbayjon tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda u o‘zining yangi bosqichiga chiqdi desak, xato bo‘lmaydi. Jumladan, SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev Ozarbayjon tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Ozarbayjon tibbiyot universiteti rektori, professor Geray Geraibeyli bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, yakunda ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.
Memorandumga ko‘ra ikki o‘rtada talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini yanada keng yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, kelgusida birgalikda tibbiyotning dolzarb masalalariga doir xalqaro anjumanlar va seminarlarni tashkil etishga hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga kelishildi.
Manba:https://amu.edu.az/news/4211/mezdu-amu-i-samarkand... [amu.edu.az ]
SamDTU matbuot xizmati