×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Til. Ta’lim. Madaniyat" nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Til. Ta’lim. Madaniyat" nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Kursk davlat tibbiyot universiteti hamda Tojik davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston va Qozog‘istonning 20 ga yaqin tashkilotlaridan 200 ga yaqin mutaxassis va talabalar onlayn va oflayn tarzda qatnashdilar.

  Anjumanda ilmiy matn va tibbiy nutqning o‘ziga xos xususiyatlari, til nazariyasining dolzarb muammolari, madaniyat, tarix, an’analarni rivojlantirishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar nafaqat o‘qitishning, balki tibbiyot universitetidagi o‘quv jarayonining dolzarb pedagogik muammolarini hal qilishga doir tajribalarini almashdilar.


SamDTU matbuot xizmati