Samarqand davlat tibbiyot universitetida Respublikamizning turli viloyatlaridan ham talabalar tahsil olib kelmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatidan kelib, ta’lim olayotgan talabalar va bitiruvchilar ham talaygina.
Joriy yilning 21-may sanasida Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari va viloyatdagi tibbiyot muassasasi xodimlari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, Qashqadaryolik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Alisher Boboyev hamda viloyatdagi tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ta’lim jarayonlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bitiruvchi bosqich talabalari, ordinatorlarga Qashqadaryo viloyatidagi ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ularning keyingi ish faoliyatlarini viloyatda davom ettirishga taklif etildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU matbuot xizmati