Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda yuqori texnologiyali xirurgik operatsiyalar amalga oshirilmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida so‘nggi yillarda moddiy-texnik ta’minot sezilarli darajada yaxshilanganligi eng zamonaviy xirurgik operatsiyalarni bajarishga asos bo‘lmoqda.

  Jumladan, universitetni xirurgik kasalliklar, urologiya va transplantologiya kafedralari xodimlari tomonidan SamDTU klinikasida yuqori texnologiyali endourologik amaliyot - prostata bezining adenomasida transuretral rezeksiya (TUR) operatsiyalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

  Bunday innovatsion operatsiyalarni mahalliy sharoitlarda bajarilishi mintaqa aholisiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda yuqori malakali shifokorlarini tayyorlashga zamin yaratmoqda.


SamDTU matbuot xizmati