×
Menu
Close Menu

​Farmatsiya fakulteti bitiruvchi talabalari YaDA sinovlarini topshirdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy 2023-2024-o‘quv yilida Farmatsiya fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari joriy yilning 13-14-may kunlari Yakuniy Davlat attestatsiyasi nazoratini muvaffaqiyatli topshirdilar.

  Yozma va og‘zaki tarzda tashkil etilgan sinovlarning adolatli hamda shaffof o‘tishi nazorat qilindi. DAK raislari universitet bitiruvchilarining yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rganliklarini ta’kidlab, ularning keyingi faoliyatlarida omad tiladilar.

  Joriy o‘quv yilida Farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha universitetni ikki yuz nafardan ziyod mutaxassis bitirib, joylarda o‘z mehnat faoliyatlarini boshlaydilar.


SamDTU matbuot xizmati