×
Menu
Close Menu

​SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasi Neyroxirurgiya bo‘limida homilador ayoldagi disk churrasi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

  SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasi Neyroxirurgiya bo‘limida umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning jarrohlik talab qiluvchi deyarli barcha kasalliklarini operativ davolash bo‘yicha katta tajriba va zamonaviy jihozlar mavjud. Xususan, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi oqibatlaridan hisoblanuvchi va bugungi kunda aholi o‘rtasida nisbatan ko‘proq uchrayotgan “Umurtqalararo disk churralari” ham kam invaziv usulda samarali operatsiya qilinib davolanib kelinmoqda. O‘tgan 2023-yilda aynan “disk churrasi” tufayli 300 dan ortiq operatsiyalar o‘tkazilgan va ijobiy natijalar qayd etilgan.

  Jumladan , joriy yilning 7-may sanasida ham 5-bel va 1-dumg‘aza umurtqalari aro diskning 9,0 mm o‘lchamdagi sekvestrlangan churrasi bilan orqa miya nerv ildizlarining bosilishi aniqlangan, homiladorligi mavjud bo‘lgan bemorda navbatdagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

  Bemor klinikadagi neyroxirurgiya, nevrologiya, reanimatologiya va anesteziologiya hamda akusherlik-ginekologiya kafedralari va bo‘limlarining professor-o‘qituvchilari, yetakchi shifokorlari ishtirokida ko‘rilib, konsilium o‘tkazildi va bo‘limda rejali operatsiyaga tayyorlandi. Bemorga spinal anesteziya qilinib “O‘ngdan interlaminar usulda VL5-VS1 aro sekvestrlargan disk churrasini olish” operatsiyasi muvafaqqiyatli o‘tkazildi (Operatorlar: Husanov Z.T., Mamadaliyeva S.A.).

  Operatsiyadan keyingi uchinchi sutkada bemor mustaqil yura boshladi, o‘g‘riqlar to‘liq o‘tdi, nevrologik defitsitlar kuzatilmadi. Operatsiyadan keyingi UTT tekshiruvida homilaning fiziologik ko‘rsatkichlari va rivojlanishi me’yoriy ekanligi qayd qilindi va bemorga qoniqarli ahvolda uyiga javob berildi.


SamDTU matbuot xizmati