Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari xalqaro yosh olimlar tanlovi sovrindorlariga aylandilar

  Rossiyaning Moskva shahrida I. M. Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida “Snegirev o‘qishlari – 2024” xalqaro yosh olimlar tanlovi tashkil etildi. Akusherlik, ginekologiya va reproduktiv tibbiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan tanlovda Rossiya hamda jahonning bir qator mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar, yosh ilmiy izlanuvchilar, jumladan, talaba yoshlar ishtirok etdi.

  Shuningdek, tanlovda Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

  An’anaga ko‘ra Sechenovskiy universitetining V.F.Snegirev nomidagi akusherlik va ginekologiya klinikasi bazasida o‘tkazilgan tanlovda klinik Ordinator, talaba va magistrantlar, yosh ilmiy izlanuvchilar yurak nuqsonlari uchun emizish va homiladorlik qiymati, menopauza gormoni terapiyasi va erta tug‘ilishda zamonaviy akusherlik imkoniyatlari mavzulariga qaratilgan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

  Tanlov natijalariga ko‘ra Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari Rayimjanova Kamilla va Askarova Diyoralar III o‘rinni, SamDTU akusherlik va ginekologiya kafedrasi ordinatori Mamadaliyeva Bahora II o‘rinni hamda SamDTU beshinchi bosqich talabasi Olimjonova Farahnoza faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Manba: sechenov.ru


SamDTU matbuot xizmati