×
Menu
Close Menu

​SamDTU professor-o‘qituvchilari bilan harbiy qismda davra suhbati o‘tkazildi

  “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ko‘plab tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsiya fakulteti biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari Samarqand shahridagi 95659-harbiy qismga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida universitet xodimlari harbiy qism faoliyati va undagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, 4-rota askarlari bilan mayor K.Ergashev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

  Suhbatda so‘zga chiqqan biologik kimyo kafedrasi dotsentlari K.T.Savetov hamda X.I.Nurboyevlar inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotligi, Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadigan chiroq ekanligini ta’kidladilar.

  Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. El-yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonida jonini fido qilgan bobolarimiz  xotirasini yod etish, hurmat ko‘rsatish eng oliy vazifamizdir. Zero,  “Inson aziz, xotira-muqaddas".


SamDTU matbuot xizmati