Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi

  Joriy yilning 29-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari bilan jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash masalalariga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda SamDTU Xalqaro ta’lim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabov, Universitet rektori maslahatchisi Elyorbek Aripov, universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratov, turizm politsiyasi katta leytenanti Azizjon Ergashev, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida xorijlik talabalarga universitet ichki tartib-qoidalari bilan bir qatorda shahardagi jamoat tartib qoidalari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati