Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Fransiyaning Oliy Psixomotorterapiya instituti bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 23-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Fransiya Respublikasining Psixomotor Reabilitatsiya Oliy Instituti (ISRP — Institut Supérieur de Rééducation Psychomotrice) delegatsiyasi tashrif buyurdi. ISRP bosh direktori Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy kasblar oliy kengashining a’zosi prof. Jerar Erman hamda Fransuaza Jirominini SamDTU rektori Jasur Rizayev kutib oldi hamda universitet va uning faoliyati bilan tanishtirdi.

  Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqlarini yanada rivojlantirish, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashinildi. Xususan, Hamkorlikda Psixomotor terapevt kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, Psixomotor reablitatsiya markazini tashkil etish hamda parameditsina sohasida birgalikda ish olib borish orqali mazkur sohaning yurtimizda rivojlanishiga hissa qo‘shish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

  Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik ramzi sifatida SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev mehmonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.


SamDTU matbuot xizmati