×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabasi tomonidan umumta’lim maktabida salomatlik profilaktik davra suhbati oʻtkazildi

  Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Urgut tumani "Salomatlik targʻibotchisi" Asliddin Akbarov tumandagi 128-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Sogʻlom avlod yurt tayanchi mustahkam oila Vatan poydevori" mavzusida salomatlik profilaktik davra suhbati oʻtkazdi.

  Tadbirning ochilishida maktab psixologi, oʻqituvchilari va yoshlar yetakchilari bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar borasida toʻxtalib o’tdilar. Shuningdek, Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti "Farmatsevtik va toksikologik kimyo" kafedrasi o'qituvchilari universitetimiz ta'lim tizimi haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berdi.

  Davra suhbatining asosiy qismini Asliddin Akbarov davom ettirib, oʻquvchi yoshlarga "Vitaminlar yetishmasligi oqibatida organizmda kelib chiqadigan kasalliklar etiologiyasi patogenezi klinik simptomlari va davolash usullari, sog'lom turmush tarziga rioya qilish, sport salomatlik garovi, chekish oqibatida organizmda kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

  Tadbir davomida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligi munosabati bilan shoirning hayot va ijod yo'li xotiralandi hamda badiiy chiqishlar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

  Shuningdek, maktab jamoasi bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 11-sonli bayoni ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va hamkorlikda ishlarni olib borilishi bo‘yicha ikki tomonlama kelishib olindi.

  Tadbir soʻngida eng faol va iqtidorli 50 nafar oʻquvchilar Sertifikat bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati