×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda KOICA agentligi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Samarqand shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bir qator grantli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

  Joriy yilning 17-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga KOICA agentligining O‘zbekistondagi ofisi direktori o‘rinbosari Kim Taehun hamda agentlik vakili Atham Mamatqulov tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU rektori Jasur Rizayev qabul qildi. Muzokaralar davomida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, kelgusida hamshiralar tayyorlashda qo‘shma dasturlar orqali hamkorlikni yolga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

  Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 1991-yil 1 – aprelda Koreya Respublikasining bir bo‘limi sifatida tuzilgan bo‘lib, u rivojlanayotgan davlatlarga beg‘araz yordam dasturlarini amalga oshirishga javobgardir.

  KOICA ning O‘zbekistondagi ofisini 1995-yilda ochilganidan to bugungi kungacha ko‘plab loyihalar amalga oshirilib, 1400 ga yaqin O‘zbekistonlik mutaxassislar Koreyada stajirovkada bo‘lib qaytdilar va 403 volontyorlar (ko‘ngillilar) KOICA loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natildilar.


SamDTU matbuot xizmati