Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va oqimlarga qo‘shilib qolish holatlarining oldini olish hamda ularga diniy ekstremizm, terrorizm haqida yanada chuqurroq ma’lumot berish bilan ularni ogohlikka chaqirish borasida universitet rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti tomonidan doimiy ravishda tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.
Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti talabalari bilan shu mavzuga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi E.Aripov, Samarqand viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i F.Sh. Saidov, Samarqand viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi inspektori N.S.Sobirov hamda Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi B.Xudoynazarovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, belgilangan jinoiy javobgarliklar haqida batafsil ma’lumot berilib, turli yot g‘oyalar hamda oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun ogoh bo‘lish lozimligi uqtirildi. Shuningdek, Samarqand viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan taqdimotlar orqali talabalarga kerakli huquqiy ma’lumotlar berilib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligining qadriga yetib, shukronalar aytish va mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirildi.
SamDTU matbuot xizmati