×
Menu
Close Menu

​Yo‘l qoidasi – umr foydasi!

    Piyodalarning yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlari hamda yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida Respublikamiz hududi bo‘ylab ko‘pgina profilaktik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

    Joriy yilning 1-aprel sanasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Bugun men piyoda!” shiori ostida Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmati rahbari X.Safarov hamda universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov  hamkorligida talabalar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

    YHXB Axborot xizmati rahbari X.Safarov talabalarga yo‘lda harakatlanish qoidalari va xavfsizlik choralari haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, katta yo‘ldan o‘tayotganda mobil telefon hamda quloqchinlardan foydalanmaslik va bunday hollarda ma’muriy javobgarlik mavjud ekani haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida talabalar bilan muloqot tashkil qilinib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.


SamDTU matbuot xizmati