×
Menu
Close Menu

​Shinjon tibbiyot universiteti rektoriga Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori unvoni berildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 29-mart kuni Shinjon tibbiyot universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

  Universitet rektori, professor Xaji Akber Aisa, Uyg‘ur avtonom rayoni Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Yuy Aypin hamda bir guruh soha vakillaridan iborat mehmonlarni SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi.

  Tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda universitetdagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Uchrashuv so‘ngida Shinjon tibbiyot universiteti rektori Xaji Akber Aisaga “Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori” unvoni topshirildi. Yakunda so‘zga chiqqanlar o‘zaro hamkorlikning ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritib, kelgusidagi istiqbolli loyihalarga katta umid bog‘ladilar.


SamDTU matbuot xizmati