Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet talabalari bilan profilaktik davra suhbati tashkil etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va yot diniy oqimlarga qo‘shilib ketish holatlarini oldini olish maqsadida talabalar bilan doimiy ravishda davra suhbatlari tashkil etib kelinadi. Jumladan, joriy yilning 29-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan birgalikda profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirda 3-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik Y.M.Murotovich, boshqarma mas’ullari hamda SamDTU profilaktika inspektori O.Eshmurodov hamda talabalar ishtirok etdilar. Davra suhbatida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini sodir etmaslik, ular uchun ko‘riladigan qonuniy jazo choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarga turli buzg‘unchi va yot g‘oyalardan saqlanish va ogohlik davr talabi ekanligi uqtirildi.

  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati