Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining sodir etilishining oldini olish borasida universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov tomonidan doimiy ravishda profilaktik tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etib kelinadi.
Jumladan, joriy yilning 14-mart kuni talabalar bilan firibgarlik holatlarining qurboniga aylanib qolmaslik va ularning oldini olishga qaratilgan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida O.Eshmurodov talabalarga jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini sodir etmaslik, sodir etgan taqdirda tayinlanadigan qonuniy jazo choralari haqida, firibgarliklar va ularning tuzog‘iga ilinib qolmaslik borasidagi kerakli ko‘nikmalar haqida so‘z yuritib, yoshlarni ogohlikka chaqirdi.
Shuningdek, odob-axloq, yurish-turish hamda universitet ichki tartib-qoidalarini ham eslatib, ularga amal qilish lozimligini uqtirdi.
SamDTU matbuot xizmati