Bugungi kunda sayyoramizdagi salbiy ekologik vaziyat hamda hayvonot va nabodot olamining keskin qisqarishi umuminsoniy muammoga aylanib ulgurdi. Bu borada barcha davlatlarda, jumladan, yurtimizda ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham “3-mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni”ga bag‘ishlab, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalariga qaritilgan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, 1-son davolash fakulteti dekan o‘rinbosari M.Zaripov, fakultet tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida dunyoning bugungi kundagi ekologik vaziyati, yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tobora ifloslanib borayotgan havoning, murakkablashib borayotgan ekologik vaziyatning kelib chiqish sabablari, inson omilining tabiatga salbiy ta’siri haqida ham to‘xtalib, atrof muhitni asrab avaylash, unga adolatli munosabatda bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU matbuot xizmati