×
Menu
Close Menu

​Samarqand viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalari faoliyati o’rganildi

  Joriy yilning 9-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalari va undagi sharoitlar, olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

  Tadbirda Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Kobilov, Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i M.Nasretdinova hamda Oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va mas’ullar ishtirok etdi.

  Yig’ilish davomida bir qator oliy ta’lim muassasalaridagi TTJlar faoliyati o’rganilib, ularning sanitariya-epidemiologiya talablariga javob berishi, tozalik va tartib qoidalarga rioya qilinishi hamda yotoqxonalardagi to’garaklar faoliyati haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

  Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ulllarga kerakli topshiriqlar berildi.



SamDTU matbuot xizmati