Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Belarussiya delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

  Joriy yilning 28-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Belarussiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Grodno viloyati ijroiya qoʻmitasi sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi L.N.Kyeda, Grodno davlat tibbiyot universiteti prorektori V.V.Vorobiyov, Slonim davlat tibbiyot kolleji direktori A.I.Gripich hamda Grodno viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani SamDTU rektori Jasur Rizayev kutib oldi.

  Delegatsiya vakillari universitet va universitetdagi yaratilgan sharoitlar, taʼlim tizimi hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni koʻzdan kechirdilar. Shuningdek, universitet muzeyiga tashrif buyurib, universitet tarixiga oid qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishdilar.

  Uchrashuvda soʻzga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Suxrob Zayniyev Respublikamizda keyingi yillarda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda viloyat miqyosidagi amalga oshirilayotgan ishlar xususan, tibbiy taʼlimdagi ijobiy oʻzgarishlar haqida gapirib oʻtdilar. Shuningdek, Belarus delegatsiyasi vakillari tomonidan ham sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi haqida taqdimotlar qilindi.

  Uchrashuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Belarussiyaning Grodno davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga koʻra endilikda ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida talabalar va professor-oʻqituvchilarning tadqiqot va ilmiy faoliyatlarini rivojlantirishlari uchun yangi innovatsion loyihalar ishlab chiqish, shuningdek, kardiologiya, onkologiya, xirurgiya va boshqa bir qator yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻquv va akademik mobillik dasturlarini amalga oshirishga kelishildi.


SamDTU matuot xizmati