×
Menu
Close Menu

ClinicalKey Student va Osmosis xorijiy elektron oʻquv platformalarining yangi imkoniyatlari taqdim etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Niderlandiyaning Elsevier nashriyot uyi bilan hamkorlik doirasida universitet professor-oʻqituvchilari va talabalariga Elsevier kompaniyasining ClinicalKey Student va Osmosis xorijiy elektron oʻquv platformalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan edi.

  Joriy yilning 23-fevral sanasida kompaniyaning Markaziy Osiyodagi menedjeri Bochkareva Yana Andreyevna boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida SamDTU rektori bilan uchrashuv tashkil etilib, oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, platformaning yangi imkoniyatlari haqida ham maʼlumotlar berildi. Platformani universitet miqyosida ta'lim jarayoniga yanada keng tatbiq qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

  Aytish joizki ClinicalKey Student bu tibbiyotga doir barcha mavzulardagi xorijiy adabiyotlar, oʻquv videomateriallari va test savollari bankini oʻzida mujassam etgan tibbiy platforma hisoblanadi. Xususan, ClinicalKey Student yordamida foydalanuvchilarimiz tibbiyotga doir mashhur oʻquv adabiyotlar, oʻquv-amaliyotga doir videolar hamda rasmlardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Eng muhimi esa foydalanuvchilar bu tizim vositasida jahon standartlari darajasida tuzilgan 5000 dan ortiq test savollari orqali oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari mumkin boʻladi.


SamDTU matbuot xizmati