×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi akademik mobillik doirasida Vitebsk Davlat tibbiyot universitetida bo’ldilar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining Qoʻshma taʼlim fakulteti dekani D.Sh.Abduraxmanov va DKTF xirurgiya, endoskopiya, anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi mudiri N.A.Qurbonov Belorus Respublikasining Vitebsk tibbiyot universitetiga tashrif buyirishdi.

  Akademik mobillik doirasida 4- va 5-bosqich talabalariga “Abdominal xirurgiyadan” maʼruzalar oʻqishdi. 

  Tashrif doirasida Vitebsk Davlat tibbiyot universiteti rektori professor A.N. Chukvnov bilan uchrashuv tashkil etlib, klikin ordinatura mutaxasisliklari va kelajakda  tayyor mutaxasisslilklar uchun, xususan, diplomdan keyingi taʼlim boʻyicha hamkorlikdagi kurslarni ochish borasida kelishuvlarga erishildi. 

  Shunigdek, SamDTU delegatsiyasi Belorus davlat tibbiyot universiteti rektori professor S.P. Rubnikovich va BGMU Xalqaro aloqar boʻyicha prorektor professor V.V. Rudenok bilan uchrashib,  hozirgi paytda Respublikamiz uchun kerakli va hozircha mavjud boʻlmagan yoʻnalishlar: Trasplantolgiya, plastik xirurgiya, rentgen endo-vaskulyar xirurgiya, kardioxirurgiya, kardial reanimatsiya, aritmologiya, funksional exo-kardio dignostika kabi yoʻnalishlar uchun yangi oʻquv yilida klinik ordinatura va mutaxassislar uchun malaka oshirish kursalari ochishga kelishib olindi.




SamDTU matbuot xizmati