15 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiy pedagogika, OHI va xalq tabobati fakulteti tomonidan “Erkaklar va ayollar shu jumladan qizlar uchun teng imkoniyatlar va teng huquqlarining kafolatlari” mavzusida anjuman tashkil etildi. Tadbirda tibbiy pedagogika, OHI va xalq tabobati fakulteti dekani F.A.Daminov, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudoyberdiyeva, fakultet dekanlarini xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilari, tyutorlar, talaba-yoshlar, ijtimoiy fanlar kafedrasini professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Anjumanda chiqishlar qilgan fakultet dekani F.A.Daminov, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedra mudiri, dotsent A.N.Maxmudova, dotsent L.R.Usmonova, oʻqituvchilar G.B.Tursunova va G.K.Mardiyevalar gender va gender siyosat tushunchasi, gender tenglikni jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, Yangi Oʻzbekistonni qurishda gender tenglikni ahamiyati haqida batafsil tushunchalarni berdilar va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblarni qaytardilar.
Anjuman soʻngida fakultet dekani F.A.Daminov tomonidan ilm u-fanda faol xotin-qizlar vakillariga tantanali ravishda faxriy yorliqlar topshirildi.