Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Qoʻshrabot tumani hokimi va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti hamda Qoʻshrabod tumani hokimligi bilan hamkorlikda 15-fevral kuni Qoʻshrabod tumani hokimi bilan talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoʻshrabod tuman hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovich va tuman masʼullari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamda universitetning qoʻshrabotlik professor-oʻqituvchilari, magistr, ordinator va bakalavrlar ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda universitetning qoʻshrabodlik bitiruvchilari bandligini taʼminlash, ularga turli amaliy yordamlar koʻrsatish hamda SamDTU bitiruvchilarini tuman sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish kabi bir qator masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

  Tadbir davomida Sogʻliqni saqlash tizimiga bergan amaliy yordami hamda aholiga tibbiy yordam koʻrsatish va ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qoʻshgan hissasi uchun Qoʻshrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi.

  Shuningdek, malakali tibbiy kadrlar tayyorlashdagi fidokorona mehnatlari uchun universitet professor-oʻqituvchilariga va taʼlim jarayonidagi namunali xulqi, ilmga chanqoqligi va tashabbuskorligi bilan namuna boʻlib kelayotgan qoʻshrabotlik talabalarga tashakkurnoma, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

  Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki Samarqand davlat tibbiyot universitetida bugungi kunda qoʻshrabotlik 160 nafar; shundan 147 nafari bakalavr, 1 nafar magistr, 12 nafar klinik ordinatorlar tahsil olib kelmoqda.


SamDTU matbuot xizmati