“Giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tadbirlari” doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan 14-fevral kuni SamDTU da Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tezkor-qidiruv departamenti hamda Samarqand viloyati narkologik kasalliklar dispanseri xodimlari bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlik va giyohvand moddalar, narkotik, psixotrop vositalar haqida maʼlumotlar berilib, giyohvand moddalar taʼsiriga tushib qolish omillari, jarayonlari hamda oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berib oʻtildi.
Shuningdek, talabalarga psixotrop, narkotik va sarxush qiluvchi vositalar roʻyxatiga kiruvchi dorilar haqida maʼlumot berilib, ularni tegishli ruxsatlarsiz yetishtirish, saqlash va tarqatganlik uchun belgilangan javobgarliklar tanishtirildi. Bu kabi dori vositalarining noqonuniy tarqalishi, sotilishini oldini olishga qaratilgan maʼlumotlar berib oʻtildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
SamDTU matbuot xizmati