Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Neyroxirurglari yuqori texnologiyali apparaturalardan foydalanish boʻyicha malaka oshirdilar

  SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, dotsent M.A. Aliyev rahbarligida kafedra assistenti M.S. Tilavqulov, klinik ordinator M.X. Xolmurodovlar joriy yilning 8-9-fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahridagi Federal Neyroxirurgiya markazida tashkil qilingan “Neyroxirurgiyada ekzoskopning qoʻllanilishi” mavzusidagi I Xalqaro ilmiy-amaliy oʻquv kurslari va anjumanida ishtirok etishdi.

  Nazariy qismdan keyin neyroxirurglarimiz 3D-cadaver (murdalarda kesib oʻrganish) laboratoriyasida boʻlib oʻtgan master-klass loyihasida oʻz malakalarini oshirishdi va turli neyroxirurgik patologiyalarda ekzoskopning qoʻllanilishi imkoniyatlarini amaliyotda bajarib, xirurgik malakalarini oshirdilar. Shuningdek, Oʻquv kurslari doirasida ekzoskop apparatining yaratilishi tarixi, takomillashishi, texnik va amaliy imkoniyatlari boʻyicha taqdimotlar qilindi.

  Anjumanning ikkinchi kunida oʻtkazilgan “Live surgery” amaliyotida murakkab lokalizatsiyali qon tomiri anevrizmasini ekzoskop yordamida klipslash operatsiyasi amalga oshirildi.

  Yakunda SamDTU va Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahridagi Federal neyroxirurgiya markazi bilan kadrlar tayyorlash, ilmiy va amaliy hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.


SamDTU matbuot xizmati