×
Menu
Close Menu

​Paxtachi tumanida tibbiy koʻriklar tashkil etildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bir qator vazifalar bilan birgalikda yurtboshimiz tibbiyot sohasidagi kamchiliklar va bajarilishi lozim boʻlgan ishlarga ham alohida toʻxtalib oʻtdi.

  Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, joriy yilning 10-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli H.Elbegi oilaviy poliklinikasida tibbiy koʻrik tashkil etildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya, 3-son Otorinolaringologiya, Onkologiya, Nevrologiya, Oftalmologiya, Travmatologiya va ortopediya, Pediatriya, Dermatovenerologiya, 4-son Ichki kasalliklar hamda 2-son Akusherlik va ginekologiyasi kafedrasi xodimlaridan iborat jamoa tomonidan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar, homiladorlar, tugʻish yoshidagi ayollar, surunkali kasalligi boʻlgan bemorlar, jami 321 nafar kishi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrikda surunkali kasalligi mavjud 112 nafar bemorlarning 5 nafariga viloyat muassasalariga, 15 nafariga tuman markaziy shifoxonasiga, 23 nafariga oilaviy poliklinika kunduzgi shifoxonasiga hamda 69 nafariga ambulator davolanishi uchun yoʻllanmalar berildi. Shuningdek, universitetning xirurgiya kafedrasi tomonidan 4 ta yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarildi

  Tashkil etilayotgan mazkur koʻriklardan koʻzlangan maqsad aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda tibbiy savodxonlikni oshirishdan iborat. Zero bularning bari inson qadri uchun!



SamDTU matbuot xizmati