×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tumanlarda tibbiy koʻriklar tashkil etilmoqda

  Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bir qator vazifalar bilan birgalikda yurtboshimiz tibbiyot sohasidagi kamchiliklar va bajarilishi lozim boʻlgan ishlarga ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Soha yuzasidan masʼullarga vazifalar yuklatildi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, Samarqand viloyatidagi tibbiyot birlashmalari universitet professor-oʻqituvchilari va tibbiy xodimlaridan iborat jamoalarga biriktirilib, tumanlarga tashriflar amalga oshirilmoqda.

  Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Xirurgiya, Nevrologiya, Akusher va ginekologiya kafedralari vakillaridan iborat guruh tomonidan Qoʻshrabot tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurilib, tumandagi bemorlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ular bilan suhbatlar tashkil etilib, bitiruvchi kurs talabalaridan iborat volontyorlar jamoasi bilan birgalikda koʻrik va maslahatlar tashkil etildi. Shuningdek, SamDTU jamoasi ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.


SamDTU matbuot xizmati