×
Menu
Close Menu

​SamDTUda navbatdagi universitet ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy yil hisobidagi birinchi universitet ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda kengash raisi, universitet rektori Jasur Rizayev tomonidan kun tartibidagi masalalar tanishtirilib, maʼruzachilar tinglandi. Taʼlim va ilmiy masalalarga oid bir qancha mavzular muhokamaga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil davomida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, tadbirlar va anjumanlar rejasi ko'rib chiqildi, Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini yanada yaxshilash hamda farmatsiya fakulteti faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qator ko'rsatmalar berildi.

  Shuningdek, ilmiy darajalarni qoʻlga kiritgan oʻqituvchilarga attestat va diplomlari topshirildi.

  Universitetda tahsil olayotgan va har tomonlama faollik koʻrsatib, nomdor davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan va talabalarga guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.








SamDTU matbuot xizmati