Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​AQSHning Webster universiteti bilan hamkorlikda oliy toifali hamshiralar tayyorlash yo’lga qo’yiladi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning Webster universiteti bilan hamkorlikda bir qancha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, ikki oliygoh oʻrtasida “Oliy hamshiralik” boʻyicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga koʻmaklashish haqida kelishuvga erishilgan edi.

  Joriy yilning 31-yanvar kuni Webster universiteti hamshiralik boʻlimi mudiri, dotsent, Seu Mak Farlen hamda boʻlim koordinatori, dotsent, Jodi Spiess Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Jasur Rizayev kutib oldi.

  Uchrashuvda kelishuvga koʻra oliy hamshiralar tayyorlashda yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim jarayonlari va tartiblari xususida muhokamalar oʻtkazilib, bir qator masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

  Shuningdek, mehmonlar universitet va unda yaratilgan shart-sharoitlar, simulyatsion markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, oʻzlarining iliq taassurotlarini oʻrtoqlashdilar.


SamDTU matbuot xizmati