×
Menu
Close Menu

Perm davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni yangi bosqichi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya Perm davlat tibbiyot universitetida (RF) amaliy tashrif bilan boʻldi.

  Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Perm davlat tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi va unda ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish yoʻllari muhokama qilindi.

  Tantanali ravishda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayevga Perm davlat tibbiyot universitetini faxriy professori, PDTU rektori Anna Blagonravovaga SamDTU faxriy professori unvoni berildi.

  Shuningdek, oliygohlar vakillari akademik mobillik sohasida oʻzaro hamkorlikni faollashtirish, tibbiy taʼlim, turli kasalliklarni davolash va oldini olish sohasidagi eng yangi texnologiyalarni muhokama qilish uchun qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiyalar, olimpiadalar va davra suhbatlari oʻtkazishni nazarda tutuvchi Hamkorlik bitimini imzoladilar.





SamDTU matbuot xizmati