×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurgiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari va yosh neyroxirurglari epilepsiya xirurgiyasi boʻyicha xalqaro kongressda ishtirok etdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsent M.A. Aliyev va Universitet Koʻp tarmoqli klinikasining Neyroxirurgiya boʻlimi vrach-ordinatori S.A. Mamadaliyevalar rahbarligida kafedraning “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyati faol aʼzolari 2024-yil 19-22-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkazilgan Xalqaro epilepsiya jarrohligi jamiyatining 1-Butunjahon kongressida va mikroneyroxirurgik oʻquv kurslarida ishtirok etishdi.

  Shuni alohida taʼkidlash lozimki, kafedra talabalar ilmiy jamiyatining aʼzolari, jumladan, Bahora Mamadaliyeva, Hulkar Xolmurodova, Qosim Quvondiqov, Odilbek Xolmurodov hamda Shohzod Abdunazarovlar ham ushbu kongressda faol ishtirok etib, Xalqaro epilepsiyaga qarshi ligasining “Yosh epileptologlar” jamiyati aʼzolariga aylanishdi.

  Kongress dasturida jahondagi yetakchi neyroxirurg-professorlar, neyroxirurgiya sohasining mashhur vakillari qatorida SamDTU delegatsiyasi vakillari ham maʼruzalar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, kongressda tashkil etilgan amaliy trening-oʻquv kurslarida qatnashib xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishdi. 

  Kongressda doirasida SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi va uning qoshidagi “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyati “Xalqaro epilepsiya jarrohlik jamiyati”, “Epilepsiyaga qarshi xalqaro liga” bilan ilmiy va amaliy hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.


SamDTU matbuot xizmati