×
Menu
Close Menu

​SamDTU tomonidan ilk bora chanoq-son boʻgʻimini sunʼiy boʻgʻimga almashtirish operatsiyasi amalga oshirildi

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti travmatologiya va ortopediya, gematologiya kafedralari xodimlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasida birinchilardan boʻlib gemofiliya kasalligi bilan kasallangan bemorda son suyagi boʻyinchasida sinigʻi bilan murojaat qilgan bemorga yuqori texnologiyali operatsiya yaʼni chanoq-son boʻgʻimini total endoprotezlash (chanoq-son boʻgʻimini suniy boʻgʻimga almashtirish) operatsiyasi muvofaqiyatli amalga oshirildi.

  Operatsiyadan keyin bemor yurishni boshladi. Hozirgi kunda bemorda reabilitatsiya olib borilmoqda. Chanoq-son boʻgʻimini total endoprotezlash boshqa kasalliklarda masalan son boshchasini aseptik nekrozida, chanoq-son boʻgʻimlari koksartroz kasalliklarida keng yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aynan gemofiliya kasalligida ilk bor amalga oshirildi. Ayni paytda SamDTU kafedrasi olimlari tomonidan ushbu murakkab texnologiyali amaliyotlarni yurtimiz tibbiyotida keng qoʻllash ustida ish olib borilmoqda.


SamDTU matbuot xizmati