Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Qon topshir – hayot in’om et” xayriya aksiyasi bo’lib o’tdi

  Inson organizmidagi eng muhim hayotiy omil hisoblangan qon zarur ozuqa va kislorodlarni tashish, tartibga solish hamda inson sog’ligini tiklashda asosiy rol o’ynaydi. Baxtsiz hodisalar va turli kasalliklar tufayli qon yoʻqotish natijasida qon quyish zarurati paydo boʻladi hamda donorlarga ehtiyoj tugʻiladi.

  Shu boisdan donorlikni targ’ib qilish va insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo’shish maqsadida joriy yilning 18-yanvar kuni “Qon topshir – hayot in’om et” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham “Men donorman” shiori ostida faol ishtirok etib, savobli ishga o’z hissalarini qo’shdilar. Samarqand viloyati Qon quyish markazida universitet xodimlari va talabalaridan iborat ko’ngillilar jamoasi qon topshirdilar.

  Shuningdek, aksiya doirasida tashkil etilgan yig’ilishda Respublikamizda donorlik qoniga talabning yuqori ekanligi, donorlik qilish shartlari hamda tartib qoidalari haqida ham atroflicha toʻxtalib, uning sharafli vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.

  Mazkur aksiyada doimiy tashabbus ko’rsatib kelayotgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi va faol xodimlariga tashakkur bildirildi.

  Qon donorligiga bo’lgan talabning yuqoriligini inobatga olib, barcha ko’ngillilarni mazkur xayrli aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!


SamDTU matbuot xizmati