×
Menu
Close Menu

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

  Vatan himoyasi eng sharafli, faxrli kasbdir! O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari — O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlatimiz tomonidan tashkil etilgan. Har yili yurtimizda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganiga 33 yil to‘ldi.

  Yurtimizning muhtaram posbonlari! Barchangizni 14-Yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" bilan muborakbod etamiz! Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash har bir yigitning vatani oldidagi muqaddas burchidir. Vatanimizning munosib o‘g‘lonlari, barchangizga mustahkam sog‘lik va metin iroda tilab qolamiz!


SamDTU Matbuot xizmati