Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Akademik litsey va maktablar o’quvchilari o’rtasida “Rektor olimpiadasi” o’tkazildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab Olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910 sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 Yil 24-noyabrdagi “Barcha Oliy, oʻrta maxsus va professional va oʻquvchilarining qishki taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish hamda professor-oʻqituvchilar uchun seminarlar tashkil etish toʻgʻrisida”gi 507-sonli buyrugʻini ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida biologiya va KIMYO fanlari boʻyicha REKTOR olimpiadasi tashkil etildi.Olimpiadada SamTDU Akademik litseyi hamda umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi. Xususan, SamDTU akademik litseyidan biologiya fani boʻyicha 63 nafar, kimyo fani boʻyicha 54 nafar oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Samarqand shahridagi 12 ta umumtaʼlim maktablaridan esa 120 dan ortiq 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar oʻz bilimlarini iki bosqichda: test sinovlari va vaziyatli masalalarni yechish orqali sinab koʻrdilar.

  Olimpiadaning tantanali ochilish va taqdirlash marosimida SamDTU va akademik litsey maʼmuriyati ishtirok etib, yoʻnalishlar boʻyicha faxrli oʻrinlarni egallagan va “Vaziyatli masalani eng tezkor yechuvchi”, “Eng faol ishtirokchi”, “Eng bilimdon ishtirokchi” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topilgan oʻquvchilar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, universitet miqyosida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun Xalqaro taʼlim fakulteti talabalari taqdirlandilar.

  Boʻlib oʻtgan “Rektor olimpiadasi” yoshlarning sohadagi bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish bilan birga ularni ilm-fan va tibbiyotga boʻlgan qiziqishlarini ham yana bir karra oshiradi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.


SamDTU matbuot xizmati