Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Rektor va yoshlar” uchrashuvi

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16 dekabrdagi 3/15-2/5-2731 -sonli xati ijrosi boʻyicha joriy yilning 19-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitet rektori, professor Jasur Rizayev universitetning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Kirish soʻzida J.A.Rizayev Prezidentimizning yoshlarga bildirayotgan ishonchi, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtdi.

  Shuningdek, joriy yilning 15-16-dekabr kunlari oʻtkazilgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya va Ukraina davlatlarining 84 ta Tibbiyot oliygohlaridan 670 ta offline va 4141 nafar online tarzda talabalar, xorijiy tibbiyot muassasalari rektorlari hamda 80 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar ishtirok etganligi va ushbu olimpiada nufuzi yanada ortib borayotgani haqida fikr bildirildi.

  “Rektor va yoshlar” uchrashuvida oʻquv yili davomida faol va iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tomonidan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkent shahri va Buxoro viloyatlariga bir kunlik tur sayohatlar tashkil etish boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga vazifa va topshiriqlar belgilab berdi.

  Uchrashuv samimiy, ochiq suhbat shaklida oʻtkazildi va barcha tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati