Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Maʼrifat maydoni” tanlovning universitet bosqichi tashkil etildi. Bir necha yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Maʼrifat maydoni” respublika koʻrik-tanlovi yoshlarning adabiyot, sanʼat hamda jadidchilik harakati namoyondalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishlariga zamin yaratmoqda. Bu yili ham tanlov keng miqyosda tashkil etildi.

  Tanlovda talabalar 3 ta shart: tanishtiruv, savol-javob va sahna koʻrinishlari namoyishi bo‘yicha bellashdilar. Har bir jamoa oʻzbek adabiyoti nazariyasi, adiblar hayoti boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etdi. Yakunda gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.


SamDTU matbuot xizmati