Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Stomatologiya fakulteti talabalari uchun master-klass tashkil etildi

  Joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Stomatologiya fakulteti talabalari uchun N. N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchisi Belenova Irina Aleksandrovna tomonidan master-klass tashkil etildi. Tadbirda SamDTU Stomatologiya fakulteti dekani A.A.Ahmedov, fpdo stomatologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, N.Nazarova hamda talabalar ishtirok etdi.

  “Tish ildizining halokatli patologiyasi yoki boʻylama frakturasi: kim aybdor? va nima qilish kerak?” mavzusida oʻtkazilgan maʼruzada talabalarga tish patalogiyasi, uning belgilari va davolash usullari haqida chuqurroq maʼlumotlar berib oʻtildi. Jumladan, kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va oqibatlari haqida taqdimot orqali maʼlumotlar berib oʻtildi. Master-klass soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

SamDTU matbuot xizmati