Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talabalar turar joyida Konstitutsiya kuniga bag’ishlab tadbir o’tkazildi

  Yaqinlashib kelayotgan Konstitutsiyamizning 31 yillik bayrami arafasida Respublikamiz bo’ylab ko’plab bayram tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan, sana munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham bir qator tadbirlar va bellashuvlar tashkil etilmoqda.

  Kuni kecha SamDTU 3-son talabalar turar joyida Konstitutsiyamizning 31 yilligiga bag’ishlab bayram tadbirlari tashkil etildi. SamDTU tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tashabbusi bilan ZAKOVAT intellektual o’yini tashkil etilib, talabalarning yangi tahrirdagi konstitutsiyamiz haqidagi bilim va ko’nikmalari sinovdan o’tkazildi. Tadbir davomida rasmlar ko’rgazmasi ham tashkil etilib, baxtimiz qomusini o’zida aks ettirgan suratlar namoyish qilindi.

  Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan badiiy kecha tashkil etilib, talabalar o’zlarining taqdimotlari va chiqishlari bilan yig’ilganlarga ma’lumot ulashdilar. Qiziqarli o’yinlar talabalarga yuqori kayfiyat ulashish bilan birga ularning bilim va salohiyatini oshirishga ham xizmat qildi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yakunda g’olib va sovrindorlar, faol ishtirokchilar aniqlanib, diplom, sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

SamDTU matbuot xizmati