Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yongʻin xavfsizligi doirasida TTJda tadbir oʻtkazildi

  Yurtimiz boʻylab 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin xavfsizligi oyligi” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham mazkur oylik doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 6-dekabr kuni SamDTU 3-son talabalar turar joyida yongʻin xavfsizligiga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Samarqand shahar Fuqaro muhofazasi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari O.B.Salimov va Yongʻin qutqaruv guruhi ekipaji Samarqand davlat tibbiyot universiteti Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, dekan oʻrinbosarlari, bino mudirlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Soʻzga chiqqanlar yil mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlarning salbiy qoibatlari haqida, Oʻzbekiston Respublikasi “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, yyongʻin xavfsizligi sohasida oʻrnatilgan meʼyoriy talablarga rioya qilish, yongʻinlarni oldini olish va tabiiy ofat yuz berganda qanday harakat qilish lozimligi haqida tushunchalar berib oʻtdilar. Shuningdek, aksariyat insonlarning yongʻin xavfsizligi qoidalariga nisbatdan beparvo boʻlishlari, bu qoidalarga rioya etmasliklari oqibatida yongʻinlar sodir boʻlib, ularning oqibatlarida insonlarni tan jarohat olishi va koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligini, xususan Yongʻin qutqaruv guruhi ekipaji 3 yilning oʻtgan 10 oyi davomida 779 ta yongʻin sodir boʻlib, yongʻinlarda 9 nafar insonlarni tan jarohati olganligi haqida ham maʼlumotlar berildi.

  Tadbir davomida yigʻilganlarga oʻt oʻchirish moslamalari va ularni ishlatish haqida tushunchalar berilib, amaliy tajribalar namoyish etildi.

SamDTU matbuot xizmati