Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi

  Joriy yilning 28-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot Universitetida Janubiy Koreaning Cha Universiteti Bungdan tibbiyot markazi xodimlari ishtirokida taqlaba, klinik oprdinator va magistrlar uchun “Oʻtkir qorin kasalliklari: zamonaviy diagnostika va davolash usullari” mavzusidagi oʻquv seminari tashkil etildi.

  Seminarda Cha Universiteti Bungdan tibbiyot markazi bosh shifokori, professor Jong Vu Kim (Jong Woo Kim)  qorin boʻshligʻida paydo boʻladigan va zudlik bilan jarrohlik aralashuvni talab qiladigan oʻtkir qorin kasalligining yuzaga kelish sabablari, uni tashxislash va davolash usullari haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

  Shuningdek, kasallikning asosiy alomatlari hisoblangan qornidagi kuchli ogʻriq, yurak urishi kuchayishi, qayd qilish va qon ketishi kabi holatlarda zudlik bilan koʻrsatiladigan tibbiy yordamlar hamda jarrohlik amaliyotlari haqida fikr yuritildi. Seminarda ishtirok etganlar yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

SamDTU matbuot xizmati