Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU iqtidorli talabalari taqdirlandi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarning oʻz bilim, iqtidor va salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilayotgan tanlov va musobaqalarda ishtiroki yuqori saviyada taʼminlab kelinadi. Talabalarimiz Universitet, viloyat, respublika va xalqaro miqyosidagi bir qator tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda.

  Joriy yilning 24-noyar kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olib, namunali xulqi, oʻz bilim va salohiyati, iqtidori hamda erishgan yutuqlari bilan namuna boʻlib kelayotgan 80 nafardan ortiqiqtidorlitalaba-yoshlar Universitet rektori tomonidan taqdirlandilar. Jumladan, Scientific Academy Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilganFaol Tadqiqotchixalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovi, “Technowaystexnologik rivojlanish Marafoni, “Innoweek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar va Start-up loyihalari tanlovi, “Janub stomatologiyasi-2023” XIII Xalqaro talabalar Olimpiadasi gʻoliblariga rektor Jasur Rizayev diplom, sertifikat hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

  Shuningdek, “Rektor stipendiyasini olishga muvaffaq boʻlgan talabalar ham taqdirlanib tegishli sertifikatlar topshirildi. Universitet rektori Jasur Rizayev talabalarning keyingi oʻqishlariga omadlar tiladi.

  Tadbir soʻngida Universitetni iqtidorli talaba-yoshlari rektor bilan esdalik rasmga tushdilar.


SamDTU matbuot xizmati