×
Menu
Close Menu

​Dermatovenerologlar, kosmetologlar va ginekologlar uchun seminar bo’lib o’tdi

  Joriy yilning 23-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida zamonaviy dermatovenerologiya, kosmetologiya va ginekologiyaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan semiar tashkil etildi. “Konturli yuz plastikasi, intim konturli plastika va zamonaviy muammolar yechimlari” mavzusida bo’lin o’tgan seminarda vrach ginekolog, plastik jarroh, Malika Adilova hamda tibbiyot fanlari doktori, dermatolog, dermatokosmetolog, Nigora Xodjayevalar ma’ruza bilan ishtirok etdi.

  Seminarda estetik ginekologiya, yangi yondashuvlar, muammo va yechimlar, sayfa plomba moddalari bilan yuzni uyg'unlashtirish va boshqa bir qator mavzular yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

  Shuningdek, ishtirokchilar kosmetologiya, dermatologiya va boshqa bir qator zamonaviy sohalardagi bilim va ko’nikmalarini oshirish bilan birga o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

SamDTU matbuot xizmati