Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Mini futbol boʻyicha "Rektor kubogi" gʻoliblari aniqlandi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida sportni keng targʻib qilish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" tadbirlari doirasida bir qator tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda. Xususan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari oʻrtasida talabalar ligasi sport musobaqalariga start berilgan boʻlib, joriy yilning 22-noyabr kuni musobaqalarning mini futbol boʻyicha "Rektor kubogi" bahslariga yakun yasaldi.

  Qizgʻin hamda murosasiz kechgan bellashuvlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, universitet rektori Jasur Rizayev tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Natijalarga koʻra Pediatriya fakulteti 4-bosqich talabalari jamoasi III oʻrinni,  Stomatologiya fakulteti 3-boqich talabalari jamoasi II oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabalari jamoasi mutloq ustunlik bilan "Rektor kubogi"ga loyiq deb topildi.




SamDTU matbuot xizmati