Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bagʻishlov qasamyodi” tadbiri oʻtkazildi

  Joriy yilning 17-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar uchunTalabalikka bagʻishlov qasamyoditadbiri tashkil etildi. Talabalarning tantanali qasamyod marosimida SamDTU rahbariyati, professor oʻqituvchilar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

  Tadbirning ochilish qismida soʻzga chiqqan universitet rektori Jasur Rizayev talabalar tomonidan qabul qilinayotgan ayni damdagi qasamyod ramziy tarzda ularning oʻqishda va keyingi shifokorlik faoliyati davomida oq xalatga munosib kadr boʻlishlariga turtki vazifasini oʻtashini taʼkidlab oʻtdi. Universitet rektori talabalarning keyingi oʻqishiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqichiga qabul qilingan 1600 dan ortiq talabalarTalabalikka bagʻishlov qasamyodini tantanali ravishda qabul qildilar.

  Shuningdek, tantanali tadbir davomida Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan shoir va jurnalist, Farmon Toshev qalamiga mansubYalangtoʻsh bahodirasari namoyish etildi


SamDTU matbuot xizmati