16 noyabr - Xalqaro bagrikenglik kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 3 - son talabalar turar joyida "Millatlararo totuvlik, diniy bagrikenglik va uning ahamiyati" mavzusida tadbir otkazildi. Tadbir doirasida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o’zaro hurmat, tenghuquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtiruvchi sahna ko'rinishlari, turli millat qo'shiqlari va raqslari talabalar tomonidan namoyish etildi.
Shu bilan birga talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "ZAKOVAT" intellektual o'yinlari, rassomchilik, sportning "Shaxmat" va "Shashka" turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan talabalar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
SamDTU matbuot xizmati