Samarqand davlat tibbiyot universiteti jahonning bir qator tibbiyot ta’lim muassasalari hamda tibbiyot kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda.
Joriy yilning 11-noyabr kuni SamDTUga reanimatsiya va fizioterapiya sohalari uchun tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi Xitoyning “Xiangyu Medical” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, birgalikdagi loyihalarni tashkil etish, universitet talabalari va xodimlarini kompaniya muassasalarida malakasini oshirish borasida kelishib olindi. Mehmonlar universitet haqida atroflicha ma’lumot olib, ta’lim muassasasii haqidagi iliq fikrlarini o’rtoqlashdilar.
Uchrashuv so’ngida universitet rektori mehmonlarga oliygoh ramzi tushirilgan esdalik sovg’alarini topshirdi.
SamDTU matbuot xizmati