Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda ingliz tilini oʻrganishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi

  Bugungi kunda chet tillarini oʻrganish zamon talabiga aylanib ulgurdi. Shu boisdan mamlakatimizda chet tillarini, jumladan ingliz tilini oʻquvchi va talabalar orasida oʻrganilish darajasini koʻtarish hamda chet tillarida muloqot qila oladigan, jahon talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

  Joriy yilning 30-okyuabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida ingliz tilini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan “Teaching Modern English by Skillful Experts” (Mohir mutaxassislar tomonidan zamonaviy ingliz tilini oʻrgatish) mavzusidagi seminar tashkil etildi. Seminarda Amerika Qoʻshma Shtatlari Florida Xalqaro Universiteti professori, Ingliz tili oʻqituvchisi Ralph Schusler, MINDED SCHOOL Asoschisi, Yaponiyaning Tokyo Riverside School va Tokyo School of Economics and Law College Xorijiy taʼlim muassasasini bitirgan yetuk mutaxassis, Feruz Muminov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasi mudiri Sayyora  Yorova  hamda talabalar ishtirok etdi.

  Seminar davomida maʼruzachilar tomonidan zamonaviy ingliz tilini tez va oson oʻrganishning samarali usullari, intensiv metodlar va yaratilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar haqida talabalarga maʼlumot berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar bilan muloqot ham tashkil etilib, ularning taklif va savollariga javoblar qaytarildi.


SamDTU matbuot xizmati